Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Amaliy san’at orqali milliy qadriyatlarni asrash — yoshlar tarbiyasida muhim qadamlardan biri!
Event Image

Mamlakatimizda yoshlarga milliy g‘urur, tarixiy xotira va hunarmandchilik an’analariga asoslangan barkamol tarbiya berish, ularni mustaqil fikrlovchi, ijodiy salohiyatga ega, kasb egalari qilib yetishtirish bugungi kunning ustuvor vazifasiga aylangan. Shu maqsadda O‘zbekiston hukumati tomonidan ta’lim, ishlab chiqarish, madaniyat va ijodkorlik yo‘nalishlarida tub islohotlar olib borilmoqda.

✅ Buxoro davlat pedagogika institutida yosh avlodni milliy qadriyatlar va kasb-hunar an’analariga sodiq ruhda tarbiyalash, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish borasida muhim tashabbus amalga oshirildi. Institut rektori B.B. Ma’murov boshchiligida, Buxoro viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda qadimiy hunarmandchilik an’analari hamda ustoz-shogird maktabi asosida yangi o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etildi. Mazkur ustaxona Buxoro shahri, Imom al-Buxoriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, tarixiy Qozi Kalon masjidi atrofida joylashgan bo‘lib, yoshlarning hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

☄️ Ta’kidlash joizki, ushbu tashabbus Respublikamiz miqyosida ilk bor Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, u nafaqat ta’lim jarayoniga, balki madaniy merosni asrash va uni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan dolzarb loyiha sifatida e’tirof etilmoqda. Bu kabi ustaxonalar, ayniqsa, kasb-hunar ta’limiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari uchun namunaviy loyiha bo‘lib xizmat qilishi mumkin