Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasining taklifiga binoan, Turkiyaning Yıldız Teknik Universiteti (QS xalqaro reytingida 851-o‘rinda) professori Hatice Gülru Yuksel institutimizga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif 2025-yil 3-apreldan 17-aprelgacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida professor o‘zining boy ilmiy tajribasi, chuqur nazariy bilimlari va ilg‘or metodik yondashuvlari asosida:
• “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)”,
• “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz)” yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni olib boradi.
Mazkur tashrif xorijiy tajribani o‘rganish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

