


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son Qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 452-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika institutida 1-bosqich talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari markazlashgan tartibda tashkil etilmoqda.
🌀 Mazkur yakuniy nazoratlar barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan, umumiy sig‘imi 200 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus pavilonlarda ikki smenada o‘tkazilmoqda.
 
                                    