Sayt test rejimida ishlamoqda!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
Event Image

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining bayram tabrigi

Oʻz yurtining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yoʻlida fidoyilik koʻrsatib yashash, uning baxt-u saodati uchun xizmat qilish yuksak fazilat. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchangizga sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Har bir kuningizda Vatan uchun qilgan ishlaringizni qadrlash va e'tirof etish bizning muqaddas burchimizdir. Bugun sizlarga ko‘rsatilayotgan hurmat faqatgina bugungi kunda emas, balki har kuni davom etishi lozim. Sizlar bizning tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashayotgan jahonparvar insonlarsiz. Shu munosabat bilan sizlarga chin qalbdan sog‘lik, baxt, tinchlik va muvaffaqiyatlar tilayman. Vatan himoyasidagi har bir qadam, har bir izlanish va har bir g‘alaba yurtimizni yanada kuchli va mustahkam qilayotir. Sizlarning fidoyiligingizni hech qachon unutmaymiz.Yana bir bora bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

Bahodir Ma'murov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor