Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
Event Image

     2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Abituriyentlarga jami 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test topshirig‘i beriladi, bu orqali 189 ballgacha to‘plash mumkin.

2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha topshiriqlar soni va baholash mezoni tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Ta’kidlanishicha, bu bo‘yicha vazirlikning tegishli buyrug‘i qabul qilindi hamda talablar o‘tgan yilgi tartibda qoldi. Hujjat mamlakat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar uchun test topshiriqlari soni hamda baholash tartibini belgilaydi.

    Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan uchun baholash tartibi quyidagicha:

  • ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  • matematika x 10 ta;
  • O‘zbekiston tarixi x 10 ta.

    Bunda jami 30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball hisoblanadi.

    Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha esa quyidagicha:

  • 1-fan — 30 ta savol x 3,1 ball = 93 ball;
  • 2-fan — 30 ta savol x 2.1 ball = 63 ball.
  • Bunda jami 60 ta savol uchun jami 156 ball beriladi.

    2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.

    Fanlar majmuasi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Vazirlik ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish natijasiga ko‘ra yo‘nalishlar nomi o‘zgarganda yoki yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda, mos ravishda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini qayd etgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2024−2025-o‘quv yilidan davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili kuchga kirgandi. Abituriyentlar to‘plagan balidan kelib chiqib, o‘z tanloviga ko‘ra ta’lim muassasasini tanlaydi. Bakalavriatga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi.