Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tantanasi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir institutimiz hayotidagi eng quvonchli lahzalardan biri bo‘lib, u birinchi bosqich talabalarining oliy ta’limga ilk qadam qo‘yganini nishonlash bilan birga, ularning qalbida Vatan, xalq va millatga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi.

🎓 Tadbir davomida:
 • Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, talabalarni samimiy tabrikladilar, ularga ilm yo‘lida yuksak marralarni zabt etishlarini tiladilar;
 • Mustaqillik yillarida mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning bilimli, fidoyi va tashabbuskor bo‘lib voyaga yetishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi;
 • Talabalar o‘z ijodiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari, raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan marosimga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar;
 • Tadbir yakunida birinchi bosqich talabalariga “talabalik nishoni” sifatida ramziy sovg‘alar topshirildi.

✔️ “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi yoshlarimizning hayotida unutilmas sahifa bo‘lib qoldi. Zero, bugungi kunda ular ilm izlab qo‘ygan ilk qadamlari ertangi kunning buyuk yutuqlari, yuksak orzu va intilishlari poydevoridir.