Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • BuxDPI talabasi yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilish bo‘yicha rektor yordamchisi bo‘ldi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov IELTS xalqaro til bilish (ingliz tili) imtihonidan 8,5 ball to‘plab, C2 sertifikati qo‘lgan kiritgan Tillar fakulteti 1-bosqich 3-XTA-24 guruhining iqtidorli talabasi Mohlaroyim Yaxyoyeva bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda talabaning yutug‘i, ta’limdagi muvaffaqiyatlari haqida alohida ta’kidlandi. Institut rektori Bahodir Ma’murov Mohlaroyimni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, uni yanada yuqori maqsadlar sari intilish va yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilishga chaqirdi. Chet tilini bilish nafaqat ta’limda, balki global kommunikatsiyada ham muhim omil ekanligini ta’kidladi. Mohlaroyim Yaxyoyeva esa, o‘zining IELTS imtihonidagi muvaffaqiyatini o‘zining qat’iyatliligi bilan bog‘lashni aytib, ustozlariga minnatdorchiligini izhor qildi.

“Bu yutuqni qo‘lga kiritishimda menga berilgan bilim va qo‘llab-quvvatlashlar juda katta ahamiyatga ega,” deydi u.

Institut rektori yoshlarning ingliz tilidagi bilimlarini yanada oshirishga doir barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, o‘quv jarayonida motivatsiyani oshirish va yangi bilimlarni egallashda talabalar uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga davom etishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida talaba institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, Mohlaroyimning sertifikat imtihonlari uchun amalga oshirgan to‘lov xarajatlarining barchasi institut tomonidan qoplanishi, yoshlar orasida ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilish bo‘yicha rektor yordamchisi bo‘lishi aytildi.