Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • 2025-yil 7-fevral kuni Buxoro davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
Event Image

 2025-yil 7-fevral kuni Buxoro davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov ochib berdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi  rahbari Marhabo Pardayeva, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimi rahbari Shodmon Sulaymon bayram munosabati bilan barchani tabriklab, hazrat Alisher Navoiyni har kun, har on yod etish har bir avlodning burchi ekanligi, shoirlar shohining har bir misrasi koʻngillarga yetib bormogʻi barchamizga najot yoʻli ekanligini ta'kidlashdi. 

Shuningdek, sana munosabati bilan tashkil qilingan turli tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.