Sayt test rejimida ishlamoqda!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti
Event Image

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda  Buxoro davlat pedagogika instituti  o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tashrif davomida boshqarma  boshlig‘i Elliyev Hamza  Quvvatovich institutning moddiy texnik bazasi, talabalarining sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda professor-o‘qituvchilar  va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy-ijodiy ishlar bilan institut bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek institut rektori Maʼmurov Bahodir Baxshulloyevich bilan kelgusida maktabgacha, umumiy o‘rta va  oliy ta’lim sohasida hamkorlik, ta’lim sohasida inson resurslari salohiyatini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish va kadrlarning professional darajasini oshirishda metodik hamkorlik qilish va ta’lim sohasidagi dolzarb mavzularda amalga oshiriladigan rejalar  bo‘yicha kelishib olindi.