Buxoro davlat pedagogika instituti, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida “Yoshlar islohotlar ijrochisi”mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni kirish so’zi bilan Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov ochib berdi. Shuningdek, seminar davomida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Jamshid Jo’rayev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Najmiddin Jumaqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, magistrant Rustamjon Rahimboyevlar so’zga chiqishdi.
Talaba-yoshlar ishtirokida bo’lib o’tgan seminarda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida yoshlarning ishtiroki, Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Yoshlar parlamentining vazifalari, amalga oshirilgan ishlari va istiqboldagi rejalari kabi mavzularda so’z bordi. Ochiq muloqot yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi. Shuningdek, talabalarga kerakli tavsiyalar berildi.