


Buxoro davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.
☄️✅ Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutining abituriyentlari uchun Jismoniy madaniyat yo‘nalishiga qabul qilinadigan talabalar o‘rtasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.Ushbu imtihonlar institutning belgilangan tartib va qoidalariga muvofiq, abituriyentlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning kelajak kasbiy faoliyatiga mosligini baholash maqsadida tashkil etilgan.
🔵 Imtihon jarayonida nomzodlar nizomda belgilangan jismoniy sinovlar bilan, chidamlilikni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarishlari orqali sinovdan o‘tmoqdalar. Bu esa ularning nafaqat jismoniy salohiyatini, balki ma’naviy-irodaviy tayyorgarligini ham namoyon etadi. O‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni boshqa viloyatlardan taklif etilgan malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilmoqda.
📍 Imtihonlar o‘tkazilayotgan manzil:
Buxoro davlat universiteti sport maydoni (Mazkur sport maydonida barcha zarur sharoitlar, xavfsizlik va tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ta’minlangan.)
 
 
                                    