O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 7- dekabr kuni aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti huzurida Xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va markazda institut talabalari, mahallalarning band bo‘lmagan yoshlari va umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari hamda til o‘rganish istagi bo‘lgan boshqa fuqarolar uchun xorijiy tillarni bepul o‘qitish o‘quv kurslari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoniga bilan Buxoro davlat pedagogika institutiga biriktirilgan 3 ta: Buxoro pedagogika texnikumi, Qorako‘l pedagogika texnikumi va Kogon tuman politexnikumlariga institutning Xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv markazi filiallarini tashkil qilinmoqda. Filiallarda tinglovchilarning chet tilini bilish bo‘yicha dastlabki bilimlariga ko‘ra guruhlar tashkil qilinadi va barcha uchun bepul o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yiladi.