
    22-aprel – Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Buxdpi  yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda institutning  Volontyorlar guruhi  tomonidan ekologiyani asrashga qaratilgan Eko Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. 
    🔥Tadbirda talabalar atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, qiziqarli savol-javoblar va ekologik mavzudagi muhokamalar orqali o‘z e’tiborlarini ekologik muammolarga qaratishdi. Mazkur tadbir yoshlarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qildi.
 
                                     
                                    
