


Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan nufuzli xorijiy universitet professorlari ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar: Prof. Dr. Julian Rentzsch – Yohannes Gutenberg nomidagi Maynts universiteti (Germaniya), Turkologiya kafedrasi mudiri, Prof. Dr. Petr Kucera – Maynts universiteti, Turkologiya va adabiyot kafedrasi mudiri, Prof. Dr. Durdu Eyfer – Berlin Gumboldt universiteti (Germaniya), Prof. Dr. Manja Gurdin – Berlin Gumboldt universiteti (Germaniya), Prof. Dr. Hatice Gülru Yüksel – Yıldız Teknik universiteti (Turkiya), Dots. f.f.k. Jumabekov Mayram – E.A. Buketov nomidagi Karaganda universiteti (Qozog‘iston), Prof. f.f.d. Amangeldiyeva Gulmira – Karaganda universiteti, Jurnalistika kafedrasi mudiri va Yerkin Jazira – Karaganda universiteti magistranti ishtirok etishdi.
 
                                    