Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

Event Image

✅ Ayni paytda Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Adabiy ma’rifiy haftaliklar” doirasida uyushtirilgan “Milliy qadriyatlar sayli” Buxoro shahridagi Somoniylar madaniyat va istirohat bog‘ida qizg‘in davom etmoqda. Tadbir davomida yurtimizga xos urf-odatlar, boy madaniy meros va milliy qadriyatlar namoyishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi.

✔️ Tadbir doirasida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz namoyishi bilan birga:
🔴Zakovat intellektual o‘yinlari
🔴Besh tashabbus sport bellashuvlari
🔴 She’riyat shaydosiman nomli mushoira tanlovlari kabi qiziqarli tadbirlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

📣 Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlar, urf-odatlar, madaniyat va an’analar ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqatli, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashdan iboratdir.