Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 17 oktabrdagi 16/k1 13252-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha KO‘RSATMA
Event Image

  Buxoro davlat pedagogika instituti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Ichki ishlar vazirligining 2024‑yil 17‑oktabrdagi 16/k1‑13252-sonli xatiga asosan quyidagilardan ogohlantiradi.

  Xatda so‘nggi vaqtlarda internet firibgarlari tomonidan jinoyat sodir etishning yangi usullaridan foydalanish holatlari kuzatilayotganligi, bu turdagi jinoyatlar asosan, davlat boshqaruv organlari tizimida yuqori lavozimlarda xizmat olib boruvchi shaxslarga qaratilgan bo‘lib, ularning internetdagi ochiq ma’lumotlaridan foydalanish orqali shaxs va jamiyat manfaatlariga jiddiy tahdidlarni yuzaga keltirayotganligi ta’kidlab o‘tilgan.

  Shuningdek, xatda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali (asosan “Telegram” messenjeri) rahbar xodimlar nomidan profil/akkauntlar ochish yoki buzib kirish orqali shaxsiy sahifalarini egallab, qo‘l ostidagi xodimlarga moddiy manfaat yoxud nomulkiy mazmundagi topshiriq berish holatlari kuzatilayotganligi aytib o‘tilgan.

  Vazirlik ko‘rsatmasiga asosan, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mazkur salbiy holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:

  Birinchidan, Institut ma’muriyatini, barcha rahbar xodimlarni, markaz, bo‘lim va bo‘linmalar xodimlarini, fakultet hamda kafedra xodimlari hamda professor-o‘qituvchilarini ushbu turdagi firibgarlik shakllaridan ogohlantirish hamda hushyorligini oshirish:

  • Institutda foydalaniladigan barcha axborot tizimlari bo‘yicha login (profil/akkaunt) va parollarini, ERI (elektron raqamli imzo) va shu kabi tizimlarga kirish imkonini beruvchi kalitlarni boshqa shaxslarga bermaslik;
  • rahbar yoki xodim nomidan shubhali topshiriqlar berish holatlari kuzatilganda birinchi navbatda, ushbu shaxsning o‘zini xabardor qilish;
  • ijtimoiy tarmoqlardagi profil/akkauntlar sahifalariga shaxsiga oid fotosurat va ma’lumotlarni joylamaslik hamda unda xizmat siriga oid ma’lumotlarni tarqatmaslik;
  • rahbar va xodimlarning o‘zlari bexabar bo‘lgani holda ular nomidan ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochib, nosamimiy harakatlarni bajarishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
  • axborot tizimlari, jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini boshqa kompyuter yoki qurilmalarda mavjud emasligini muntazam tekshirish, parollarini tez-tez murakkab parollarga o‘zgartirib turish.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan zararli havolalardan himoyalanish bo‘yicha xodimlarning ogohligini oshirish:

  • “obuna bo‘ling”, “sovg‘ani qabul qiling”, “ovoz bering”, “faqat kompyuterda oching” va boshqa shu kabi kelgan shubhali ilovalarni yuklab olmaslik, ishga tushirmaslik (ochib ko‘rmaslik), tarqatmaslik;
  • Institutning axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimlarini jalb qilish orqali xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish choralarini ko‘rish.

Uchinchidan, har bir xodimning kibersavodxonligini oshirish hamda ularda “kibergigiyena” madaniyatini shakllantirish choralarini ko‘rish:

  • har yili kamida bir marotaba “kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, mutaxassis jalb qilgan holda xodimlarga kiberfiribgarlikning oldini olish bo‘yicha texnik qoidalarini tushuntirish;
  • xodimlarni so‘nggi internet firibgarligi usullari hamda tendensiyalari haqida xabardor qilib borish.

 

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi