


Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti tomonidan Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasiga 20 million so‘mlik o‘quv adabiyotlari sovg‘a qilindi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida institutda “Professional Development Center” (PDC) markazi o‘z faoliyatini boshladi.
☄️ Mazkur markaz kasbiy rivojlanish yo‘lida intilayotgan professor-o‘qituvchilar va pedagoglar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Markazning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borishga ko‘maklashishdir.
👨💻 Professional Development Centerning tashkil etilishi institutda sifatli ta’lim berish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va pedagogik salohiyatni oshirish yo‘lida tashlangan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
PDC doirasida turli yo‘nalishlarda treninglar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Shuningdek, markaz foydali kitoblar va boshqa turdagi zamonaviy o‘quv resurslari bilan ta’minlanadi. Markaz nafaqat jismoniy makonda, balki onlayn platforma sifatida ham faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu uning faoliyat ko‘lamini yanada kengaytiradi.
“Professional Development Center”ning tashkil etilishi institutda sifatli ta’lim berish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va pedagogik salohiyatni oshirish yo‘lida tashlangan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
 
                                    