


Buxoroda “Ipak va ziravorlar festivali” – milliy meros va qadriyatlar bayrami sifatida nishonlanmoqda.
Ipak va ziravorlar festivali Buxoroning boy tarixi, betakror madaniyati va o‘ziga xos an’analarini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyon etmoqda. Ushbu festival doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etishmoqda. Ular tomonidan tayyorlangan milliy ko‘rgazmalar, folklor chiqishlari va amaliy mahorat darslari festivalga o‘ziga xos ruh bag‘ishlamoqda.
✅ Institut vakillari tomonidan tayyorlangan milliy ko‘rgazmalar, folklor chiqishlari va mahorat darslari festivalga alohida ruh bag‘ishlab kelmoqda.