Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti va Al-Forobiy nomidagi qozoq milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Event Image

 Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov boshchiligidagi jamoa Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida xizmat safarida boʻlib turishibdi. 
Uchrashuv davomida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv ishlarining yoʻlga qoʻyilishi, ish jarayonini tizimli tashkil etish, shuningdek, laboratoriya xonalari bilan tanishishdi. 

✔️ QS reytingida 163-oʻrinni egallab, Markaziy Osiyo universitetlari orasida yetakchilik qilib kelayotgan mazkur universitet va Buxoro davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga koʻra: 

✔️ ikki oliygoh professor-oʻqituvchilarning oʻzaro tajriba almashishlari, dars oʻtishlari, malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari tashkil qilinadi;

✔️hamkorlikda maqolalar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar nashr qilinadi;
talabalar almashinuvi, yozgi maktablar tashkil qilinadi.