Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yıldız Teknik universiteti professori Buxoro davlat pedagogika institutida
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov Yıldız Teknik Universiteti professori, Dr. Hatice Gülru Yükselni qabul qildi. Uchrashuvda ikki oliygoh oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar tinglandi. Unga koʻra, Buxoro davlat pedagogika instituti va Yıldız Teknik Universiteti hamkorlikda professor-oʻqituvchilar, doktorant va magistrlar, asosan, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyib, konferensiya va simpoziumlar oʻtkaziladi, hamkorlikda ilmiy adabiyotlar nashr qilinadi. Shuningdek, xorijiy tillar ta'lim yoʻnalishida oʻzaro xalqaro aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ma'lumot uchun: Yıldız Teknik Universiteti professori, Dr. Hatice Gülru Yüksel Xorijiy tillar yoʻnalishi talabalariga dars berish va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilinayotgan yozgi maktab dasturi boʻyicha turli master klass va seminar-treninglar oʻtkazish uchun Buxoro davlat pedagogika institutida boʻlib turibdi.