Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “Sportchi – Yurt himoyachisi!” shiori ostida keng qamrovli va ruhlantiruvchi sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida “Sportchi – Yurt himoyachisi!” shiori ostida keng qamrovli va ruhlantiruvchi sport festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir sog‘lom avlodni tarbiyalash, yoshlar qalbida vatanparvarlik g‘oyasini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

☄️ 📸 Tadbir davomida yuqoridan olingan manzaralar — sportchilarning saf tortgan holati, maydonni to‘ldirgan bayroqlar, jamoaviy harakatlar – barchasi yosh avlodning yuksak ruhiy tayyorgarlikda ekanidan darak beradi.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari B. Adilov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B. Ma’murov hamda Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh. Rahmonov so‘zga chiqishdi.

🎤 Tashabbuskorlar sportning ahamiyati, yoshlar hayotidagi ijobiy ta’siri va jismoniy faollik orqali jamiyatdagi sog‘lom muhitni mustahkamlash haqida fikr bildirib, barcha talaba-yoshlarni ushbu sport oyligida faol ishtirok etishga chorladilar.