
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, mamlakatimizda har oyning bir shanba va yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida e’tirof etildi.
Mazkur tashabbus doirasida 12–13-aprel kunlari Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan 40 nafar iqtidorli talabalar, 10 nafar ishchi va mas’ul xodimlar ishtirokida Samarqand viloyatiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar xalqimizning bebaho madaniy merosi, tarixiy obidalari, ilm-fan va ma’rifat beshiklari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

