


Bugun, 5-may kuni, Respublika oliy ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligiga start berish marosimi o‘tkazildi. BuxDU Universal sport majmuasida viloyat davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari rektorlari, rahbarlari, professor-o'qituvchilari, talabalari ochilish marosimida zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
⚙️Sport oyligining ochilish marosimi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Mazkur oylik bugundan futbol, basketbol, voleybol, kurash, stol tennisi, boks va boshqa sport turlari doirasida start oldi.