Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Kelajakka qadam markazi doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Event Image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Kelajakka qadam” markazi doirasida navbatdagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

✔️ Seminar respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida mazkur markazning hududiy bo‘linmalarini tashkil etish, bitiruvchi yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda samarali ishga joylashishiga imkon yaratish yo‘lida tashkil etildi.

☄️ 📚 ✅ Tadbirni institut rektori B.Ma’murov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, xususan, ularning bandligini ta’minlashga oid tashabbus va qarorlar mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

✔️ Seminar davomida mutaxassislar tomonidan bitiruvchilar uchun mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar, “Kelajakka qadam” markazi faoliyati va uning yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.