Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan nufuzli xorijiy universitet professorlari ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Event Image

BuxDPIda Top 1000 universitet professorlari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy uchrashuv

2025-yil 9-aprel kuni Buxoro davlat pedagogika instituti Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan nufuzli xorijiy universitet professorlari ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar: Prof. Dr. Julian Rentzsch – Yohannes Gutenberg nomidagi Maynts universiteti (Germaniya), Turkologiya kafedrasi mudiri, Prof. Dr. Petr Kucera – Maynts universiteti, Turkologiya va adabiyot kafedrasi mudiri, Prof. Dr. Durdu Eyfer – Berlin Gumboldt universiteti (Germaniya), Prof. Dr. Manja Gurdin – Berlin Gumboldt universiteti (Germaniya), Prof. Dr. Hatice Gülru Yüksel – Yıldız Teknik universiteti (Turkiya), Dots. f.f.k. Jumabekov Mayram – E.A. Buketov nomidagi Karaganda universiteti (Qozog‘iston), Prof. f.f.d. Amangeldiyeva Gulmira – Karaganda universiteti, Jurnalistika kafedrasi mudiri va Yerkin Jazira – Karaganda universiteti magistranti ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida til o‘qitish metodikasi, turkologiya, adabiyot va xalqaro ta’lim tajribasi bo‘yicha ilmiy almashinuvlar, taqdimotlar hamda talabalar bilan interaktiv muhokamalar tashkil qilindi.

Bu kabi xalqaro tashabbuslar institutimizning ilmiy salohiyatini oshirish, xorijiy hamkorlikni mustahkamlash va talabalarga global ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish yo‘lida muhim qadamlardandir.