Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Ilm-fan yo‘lida sermahsul hamkorlik – faxrimiz!
Event Image

Barchamiz uchun faxrli voqealardan biri – taniqli olima, “Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan xodim”, pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, “Geografiyadan Respublikaliq taulimektep” asoschisi Uljalgas Amzeyevna Yesnazarovaning tashabbuslari bilan Buxoro davlat pedagogika instituti va Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.

☄️ Tadbirlar doirasida professor Uljalgas Amzeyevna Yesnazarova Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bevosita muloqot qilib, ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Ustozimizning boy tajribasi, chuqur ilmiy bilimlari yoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

✔️  Ayniqsa, professorning “Turkiy tilli mamlakatlar geografiyasi” darsligi hamda o‘ndan ortiq o‘quv qo‘llanmalari institutimizda faol o‘qitilib, talabalarga bebaho bilim manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

🌀 Shu munosabat bilan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, yurtimiz ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan aziz ustozimiz Uljalgas Amzeyevna Yesnazarovaga chuqur minnatdorlik bildiramiz.