Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabalari institut rektori B.Ma’murov boshchiligida Buxoro davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi – talabalarda milliy tariximizni chuqur anglash, o‘z xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli davrlarni xolisona idrok etish, mustaqillikning qadrini yanada teranroq his qilish va yosh avlod qalbida tarixiy xotira hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir.

Muzey ekspozitsiyalarida XX asrning og‘ir sinovlari – qatag‘on davri, jadid ziyolilarining ma’rifatparvarlik harakatlari, o‘z xalqining ozodligi va ravnaqi uchun jonini fido qilgan ulug‘ siymolarning hayoti va faoliyati haqida qimmatli tarixiy manbalar hamda arxiv hujjatlari talabalarga tanishtirildi.

Talabalar bu yerda millatimizning fidoyi farzandlari – jadidchilik harakati vakillari, qatag‘on qurbonlari xotirasi abadiylashtirilganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, chuqur taassurotlar ostida bo‘lishdi. Mazkur tashrif talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, mustaqillik va erkinlikka eltgan murakkab yo‘lni chuqur anglashlariga katta hissa qo‘shdi.