(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

     Buxoro shahridagi “Ko‘hna va Boqiy Buxoro” majmuasi amfiteatrida O‘zbekiston hamda Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish maqsadida ko‘plab futbol muxlislari jam bo‘ldi.

     Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu sport bayramida faol ishtirok etdilar.

     Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va mundial bahslaridagi ishtirokini yakunladi.

🇺🇿 Garchi natija biz kutgandek bo‘lmagan bo‘lsa-da, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash, sportchilarga ishonch bildirish va yurt bayrog‘i ostida birlashish har birimizning burchimizdir.

     G‘alaba va sinovlar sportning ajralmas qismi. Yangi zafarlar sari birgalikda odimlaymiz!