Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutorlari hamda Axborot-resurs markazi xodimlari hamkorligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Ona tilim — faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifodalovchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, adabiy merosimizdagi o‘rni hamda uni asrab-avaylash va kelajak avlodga sof holda yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom, ona tilini sevish esa Vatanni sevishdir!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

