(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

“Til bilimdonlari” tanlovida faxrli 1-o‘rin!

“Til bilimdonlari” tanlovida faxrli 1-o‘rin!

“Til bilimdonlari” tanlovida faxrli 1-o‘rin!

“Til bilimdonlari” tanlovida faxrli 1-o‘rin!

Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining Buxoro viloyati hududiy bosqichida Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Hayitova Dilruh faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

➡️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i ijrosi doirasida tashkil etilib, davlat tilining nufuzini oshirish, yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

✅ Mazkur tanlov davlat tilining nufuzini oshirish, yoshlar o‘rtasida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Ushbu yutuq magistrantimizning bilim va salohiyati, izlanishlari hamda ilmiy rahbari Axmedova Dildora Bahodirovnaning ilmiy-uslubiy ko‘magi samarasi hisoblanadi.

🇺🇿 Tanlov nizomiga muvofiq, hududiy bosqich g‘olibi respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

👍 Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Hayitova Dilruhni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Respublika final bosqichida ham omad, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!