(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Jondorda bitiruvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Tadbirlar
  • Jondorda bitiruvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi
Jondorda bitiruvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

Jondorda bitiruvchi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi

"Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan Jondor tumani hokimligida Buxoro viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarini tamomlayotgan jondorlik bitiruvchi yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Jondor tumani hokimi Jamshid Xudoyev, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutasaddi mas'ullar hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.

    Uchrashuvda Registrator ofisi xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ortikov Oybek Rustamovich ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta'limdan mehnat bozoriga muvaffaqiyatli o‘tish jarayoniga oid masalalar yuzasidan fikr almashdi.

    Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning mehnat faoliyatini boshlashi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy rivojlanish istiqbollari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ochiq muloqot tashkil etildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta'minlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelgusidagi faoliyatida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning muvaffaqiyatli kelajagi yo‘lida hamkorlikni izchil davom ettiradi.