(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

“TALABA FEST” jarayonlarida faol ishtirok!

“TALABA FEST” jarayonlarida faol ishtirok!

“TALABA FEST” jarayonlarida faol ishtirok!

    Buxoro davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini birlashtirgan yirik yoshlar festivali — “Talaba Fest” tantanali ravishda boshlandi.

     Mazkur festivalda Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va salohiyati, ijodiy yondashuvi hamda tashabbuskorligi bilan festival jarayonlariga munosib hissa qo‘shmoqda.

     Intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, robototexnika ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari, QVZ chiqishlari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan festival yoshlarning iqtidorini namoyon etish, tajriba almashish va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

    Bizning faoliyatimizni kuzatishda davom eting — festivalning eng yorqin lahzalari hali oldinda!