(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Juma - milliy liboslar kuni

Juma - milliy liboslar kuni

Juma - milliy liboslar kuni

    Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida juma kuni Milliy liboslar kuni sifatida keng nishonlanib, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini o‘zbekona liboslar orqali namoyon etib kelmoqdalar.

    Ushbu ezgu an’ana Buxoro davlat pedagogika institutida ham yuksak ruh va katta mas’uliyat bilan davom etmoqda. Institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari milliy liboslarda ta’lim va mehnat faoliyatini olib borib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lamoqda. Bu esa yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, urf-odat va an’analarimizga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

     Milliy liboslarimiz - nafaqat go‘zallik timsoli, balki xalqimizning ma’naviy qiyofasi, qadriyatlari va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi bebaho merosdir.

     Milliy libos — xalqimizning boy tarixi, bebaho madaniy merosi va yuksak ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinadir.