(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Yillar mehnati e’tirofi - diplom topshirish jarayoni davom etmoqda

Yillar mehnati e’tirofi - diplom topshirish jarayoni davom etmoqda

Yillar mehnati e’tirofi - diplom topshirish jarayoni davom etmoqda

     Buxoro davlat pedagogika institutida 2025-2026 - o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish jarayoni davom etmoqda.

     Diplom - bitiruvchining oliy ta’lim bosqichidagi izlanishi, mehnati va fidoyiligining munosib e’tirofidir. Bugun yoshlar ushbu muhim hujjatni qabul qilib, hayotlarining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda.

     Diplom topshirish jarayoni zamonaviy va raqamlashtirilgan xizmatlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, bitiruvchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Institut hududidagi fotozonalar esa bu unutilmas kunning eng yorqin lahzalarini yaqinlari bilan birga xotiraga muhrlash imkonini bermoqda.

     Hurmatli bitiruvchilar! Sizni ushbu quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etamiz. Egallagan bilim va kasbiy salohiyatingiz bilan yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz. Kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar, ezgu maqsadlar va yuksak marralar doimo hamrohingiz bo‘lsin!