(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

"BUXORO – TALABA EXPO 2026" kasb ko‘rgazmasiga marhamat!

"BUXORO – TALABA EXPO 2026" kasb ko‘rgazmasiga marhamat!

"BUXORO – TALABA EXPO 2026" kasb ko‘rgazmasiga marhamat!

        Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va yoshlar uchun "BUXORO – TALABA EXPO 2026" kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

     Sana: 2026-yil 21-iyul
    ​​​​​​​ Vaqti: 09:00–18:00
    ​​​​​​​ Manzil: Buxoro shahri, "Universal" sport majmuasi.

Ko‘rgazma doirasida:

  • yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi;
  • yetakchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot;
  • "Kelajakka qadam" dasturi va imtiyozli kreditlar taqdimoti;
  • biznes-treninglar;
  • startap va innovatsion loyihalar taqdimoti;
  • korxonalarga amaliy tashriflar;
  • "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti;
  • faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi;
  • musiqiy gala-konsert tashkil etiladi.

Tadbir oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, magistratura talabalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istagan yoshlar hamda o‘z kelajagini muvaffaqiyatli rejalashtirishni maqsad qilgan barcha yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish orqali mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda professional faoliyatingizni boshlash yo‘lida muhim qadam tashlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.