

Yig‘ilishda institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ilmiy faoliyat natijadorligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Dolzarb 90 kun”, “Sen kuchlisan” va “Kelajakka qadam” loyihalari doirasida olib borilayotgan ishlar, talabalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kontrakt-to‘lovlari holati, kasbiy-ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va “spin-off” loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erishilgan natijalar muhokama qilindi.Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda Prezident hujjatlari va vazirlik topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida institutning ta’lim, ilm-fan va tarbiya sohalaridagi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish hamda boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.