(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

Milliy qadriyatlar – ma’naviy taraqqiyot va birdamlik timsoli

Milliy qadriyatlar – ma’naviy taraqqiyot va birdamlik timsoli

Milliy qadriyatlar – ma’naviy taraqqiyot va birdamlik timsoli

     Buxoro davlat pedagogika institutida davlat madhiyasini jamoa bo‘lib ijro etish ezgu an’anaga aylangan. Ushbu tashabbus jamoa a’zolari qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur hamda yuksak fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

     Institutda har juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar va xodimlar milliy kiyimlarda faol ishtirok etmoqda. Bu esa xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy urf-odat va an’analarini keng targ‘ib etish, ularga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

     Milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan bunday tashabbuslar jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlab, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

     Buxoro davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlod ongiga singdirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.