(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY TENDENSIYASI

  • Bosh sahifa
  • Tadbirlar
  • INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY TENDENSIYASI

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY TENDENSIYASI

BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

 

AXBOROT XATI

 

Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida 2026-yil      22-noyabr kuni “Inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyasi” mavzusida Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislarini anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.

 

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: Dunyoda izchil amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, fan va ta’limni rivojlantirish yo‘llari, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlaridagi yangilanishlar, insonning zamonaviy ilmiy tafakkur uslubi va dunyoqarashini shakllantirishda, inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyasi, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida zamonaviy jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish: muammo va yechimlari, oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya orqali sog’lom turmush tarzini tashkil etish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya vositalari orqali barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy madaniyat va sport ta’limida o‘quv jarayonini kredit modul tizimida tashkil etish muammolari va yechimlari, jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirishda valeologik, tibbiy-biologik,  pedagogik-psixologik, diagnostika va korreksiya usullarini amalda joriy etish bo‘yicha muammolar va ularning yechimlari, dunyo mamlakatlari oldida turgan ustuvor muammolar, jismoniy madaniyat, sport yo‘nalishlaridagi yangilanishlar zamirida sohaga oid innovatsion tajribalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish hamda yosh olim, magistrant, doktorant va mutaxassilarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish hisoblanib, ushbu tadbirda xorijiy va respublika yosh tadqiqotchilarning tajribalari o‘rganiladi, muhokama etiladi, axborot texnologiyali ta’lim shart-sharoitlari va zamonaviy ta’lim dasturlarini amalda joriy etish bo‘yicha muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha xulosa hamda takliflar muhokamasi.

 

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinadi:

1-sho‘ba: Global transformatsiyalar sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari va sport sohasidagi zamonaviy tendensiyalar.

2-sho‘ba: Mahallalar va yashash hududlarida bolalar hamda o‘smirlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lomlashtirish faoliyatini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari.                                                

3-sho‘ba: Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi: inklyuziv yondashuvlar va adaptiv jismoniy tarbiya metodikasi.

 

4-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport ta’limiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish muammolari va ularni hal etish yo‘llari.

5-sho‘ba: Sport tayyorgarligini takomillashtirish va sport natijalarini oshirishning ilmiy-metodik asoslari hamda innovatsion texnologiyalari

Taqdim etiladigan ma’ruza tezislari (maqolalar)ni rasmiylashtirishga quyilgan talablar

Barcha ma’ruza tezislari (maqolalar) tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi va tekshiruvdan ijobiy o‘tgan ma’ruza tezislari (maqolalar) nashr etiladi. Ma’ruza tezislarida berilgan ma’lumot uchun mualliflarning o‘zlari javobgar hisoblanishadi.

Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% kam bo‘lmasligi kerak.

- Matnlar hajmi A4 formatda, Microsoft Word matn muharriri yordamida, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 interval oraliqda masofa tashlangan holda tayyorlanadi, (yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm);

- birinchi qatorda maqola yoki tezisning nomi sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;

- maqola va tezislar 1 (bir) nusxada tahrir qilingan holda elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi;

- maqola va tezislarning hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 5 betdan oshmasligi lozim;

- maqola va tezislarda rus, ingliz va o‘zbek tillarida qisqa annotatsiya, kalit (tayanch iboralar) so‘zlar ko‘rsatiladi;

- tezis yoki maqola oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi, barcha havola (snoska)lar tik qavs ichida ko‘rsatiladi [1];

      Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar (maqolalar) GOOGLE SChOLAR, xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, hamda to‘plamga UDK, BBK, ISBN kutubxona indekslari kitob raqami beriladi. Har bir bet uchun 20 000 (yigirma ming) so‘m to‘lovi bor.

 

Ishtirokchilar konferensiyaning yalpi majlisida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi ma’ruza” va bir qancha shu kabi nominatsiyalar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

 

Eslatma: Materiallar 2026 yilning 10 noyabriga qadar qabul qilinadi.

Konferensiya ishi koordinatori: BuxDPI jismoniy madaniyat fakulteti

Manzil: Buxoro sh., 200100, Piridastgir ko‘chasi 2-uy

Tel: 94-121-22-44

99-883-97-98

E-mail: latipovrahmon6@gmail.com