(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

BuxDPI vakillari ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi 24 soatlik o‘quv kursida ishtirok etdi

BuxDPI vakillari ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi 24 soatlik o‘quv kursida ishtirok etdi

BuxDPI vakillari ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi 24 soatlik o‘quv kursida ishtirok etdi

    2026-yil 16-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 22-yanvar kuni belgilangan oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan 24 soatlik o‘quv kursi doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

    Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Baxtiyor Husanov “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda uchraydigan asosiy kamchiliklar va ularning yechimlari” mavzusida ma’ruza qildi.

    Ma’ruzada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlar bilan ishlashning samarali usullari, targ‘ibot-tashviqot faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari hamda sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

    Mazkur uchrashuv tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qildi.