

2026/2027-o'quv yili oldidan Buxoro davlat pedagogika institutida talabalarni Talabalar turar joylari (TTJ) hamda ijara xonadonlariga joylashtirish bilan bog'liq murojaatlarni qabul qilish va ularga amaliy ko'mak ko'rsatish ishlari yo'lga qo'yildi.
Talabalar TTJga joylashish, ijara xonadonlari, ariza topshirish tartibi, turar joy masalalari hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan zarur ma'lumot va tavsiyalarni olishlari mumkin.
Yangi o'quv yili arafasida talabalarning turar joy bilan bog'liq murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish, ularni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida tegishli ishlar izchil davom ettirilmoqda.