

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi hakamlar hay’ati a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.Mazkur seminar-treningda Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani X. Xaitov ham faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish, ishtirokchilarni baholash mezonlari hamda tanlovni o‘tkazish tartibiga oid muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Mazkur seminar-trening tanlov hakamlar hay’ati a’zolarining malakasini oshirish, baholash jarayonida xolislik va ochiqlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.