(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi

  • Главная
  • Новости
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi
Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tdi

     Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi.

     Mazkur imtihonlar nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, tezkorligi hamda harbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishga munosib salohiyatini aniqlashga qaratilgan. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi yuksak intizom, mas’uliyat, qat’iyat va ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikni talab etuvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

     Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, malakali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.

     Imtihonlar Buxoro shahridagi Sitora sport maydonida davom etib, jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ota-onalar hamda keng jamoatchilik uchun ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.