(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” TAYYORLOV O‘QUV KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!

“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” TAYYORLOV O‘QUV KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!

“MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” TAYYORLOV O‘QUV KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!

   2026/2027-o‘quv yili uchun iqtidorli talabalarni “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga saralab olish jarayoni boshlandi.

     Mazkur kurslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 206-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

     Kurslarning asosiy maqsadi — zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan, sun’iy intellekt texnologiyalarini turli soha va tarmoqlarga integratsiya qila oladigan, innovatsion va startap loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

     Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 15-avgust.

     Nomzodlardan hujjatlar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
     Veb-sayt: dscience.uz/qabul/2026
     Telegram: @datasciencekonkurs, @shoiraxon818

     Aziz talabalar! Agar sizda zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, innovatsiya va startap loyihalariga qiziqish bo‘lsa, ushbu imkoniyatdan foydalaning!

     Bilimingizni rivojlantiring. G‘oyangizni loyihaga aylantiring. Kelajak mutaxassisi bo‘ling!