(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

#ДеятельностьМагистрантов #НаучнаяЗащита #НаучноеИсследование #ИнновационноеОбразование

#ДеятельностьМагистрантов #НаучнаяЗащита #НаучноеИсследование #ИнновационноеОбразование

#ДеятельностьМагистрантов #НаучнаяЗащита #НаучноеИсследование #ИнновационноеОбразование

     Buxoro davlat pedagogika institutida Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi 7-BT-24 guruhi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Himoya jarayonida magistrantlar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini keng jamoatchilik va attestatsiya komissiyasiga taqdim etib, dissertatsiya ishlari mazmuni, tadqiqot metodlari hamda amaliy ahamiyatini batafsil yoritdilar. Shuningdek, ular tomonidan yaratilgan multimedia mahsulotlari, elektron dasturlar va zamonaviy metodik ishlanmalar namoyish etildi.

     Taqdim etilgan ishlanmalarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan innovatsion darslik va metodik qo‘llanmalar, QR kodli topshiriqlar, 4K ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar, 5E modeli asosidagi ta’lim texnologiyalari hamda mantiqiy va kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar alohida e’tirof etildi. Himoya davomida magistrantlarning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tajriba-sinov ishlari natijalari chuqur tahlil qilindi. Dissertatsiyalar antiplagiat tizimi orqali tekshirilib, ilmiy rahbarlar va komissiya a’zolari tomonidan ilmiy ishlar sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

     Mazkur himoya jarayoni magistrantlarning ilmiy salohiyati, mustaqil tadqiqotchilik ko‘nikmalari va innovatsion yondashuvlarini yaqqol namoyon etib, ta’lim tizimida zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.