Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — "avval test, so'ng tanlov" tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
1-bosqich:
Abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn ro'yxatdan o'tadi hamda quyidagilarni tanlaydi:
Faqat test sinovida ishtirok etsa:
Alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o'tkaziladi.
2-bosqich:
Abituriyentlar kirish imtihonlari to'liq yakunlanganidan so'ng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
Abituriyent test sinovida to'plagan ballarini imtihon o'tkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi to'liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Texnikumlarda o'qish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi e'lon qilinganidan so'ng 10 kun muddatda texnikum, kasb va mutaxassislik, ta'lim shaklini tanlaydi. Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta'lim tashkilotlarida "Qabul-2026" shtabi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot'ga murojaat qilgan holda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

