(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Перед соревнованиями «Олимпиада студентов Нового Узбекистана» состоялась встреча со студентами-спортсменами

  • Главная
  • Новости
  • Перед соревнованиями «Олимпиада студентов Нового Узбекистана» состоялась встреча со студентами-спортсменами
Перед соревнованиями «Олимпиада студентов Нового Узбекистана» состоялась встреча со студентами-спортсменами

Перед соревнованиями «Олимпиада студентов Нового Узбекистана» состоялась встреча со студентами-спортсменами

Buxoro davlat pedagogika institutida "Yangi O'zbekiston talabalar olimpiadasi" musobaqalarida institut sharafini himoya qiladigan sportchi talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda institut rektori Bahodir Ma'murov talaba-sportchilar bilan samimiy muloqot olib bordi.

Muloqot davomida futbol sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadigan talabalarning tayyorgarlik jarayoni, musobaqa oldidan ruhiy holati hamda oldilariga qo'ygan maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Rektor yosh sportchilarga o'z tavsiyalarini berib, ularga musobaqalarda muvaffaqiyat va yorqin g'alabalar tiladi.

Ishonchimiz komilki, institutimiz sportchilari yuksak mahorat, matonat va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko'rsatib, Buxoro davlat pedagogika instituti sha'nini munosib himoya qiladilar.