(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Начался приём на 2026/2027 учебный год!

Начался приём на 2026/2027 учебный год!

Начался приём на 2026/2027 учебный год!

Buxoro davlat pedagogika instituti 2026/2027-o'quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakliga qabul jarayonlari boshlanganini e'lon qiladi!

Bugun zamonaviy bilim, innovatsion yondashuv va malakali kadrlar tayyorlash yo'lida o'z o'rniga ega bo'lgan institutimiz siz aziz yoshlarni o'z safimizga chorlaydi. Kelajagingizni puxta poydevor asosida qurish, o'z kasbingizning yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish va orzularingiz sari dadil qadam tashlash uchun ayni imkoniyat!

Institutda kunduzgi ta'lim bo'yicha quyidagi zamonaviy va talab yuqori bo'lgan yo'nalishlar mavjud:

  • Pedagogika
  • Maktabgacha ta'lim
  • Boshlang'ich ta'lim
  • Maxsus pedagogika (logopediya)
  • Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
  • Musiqa ta'limi
  • O'zbek tili va adabiyoti
  • Ona tili va adabiyoti: rus tili
  • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • Chaqiriqqacha harbiy ta'lim
  • Milliy g'oya, ma'naviy asoslar va huquq ta'limi
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnologik ta'lim
  • Tarix
  • Psixologiya
  • Biologiya
  • Kimyo
  • Geografiya
  • Fizika
  • Matematika
  • Amaliy matematika

Sifatli ta'lim, zamonaviy infratuzilma, ilmiy faoliyat uchun keng imkoniyatlar hamda tajribali professor-o'qituvchilar jamoasi sizni kutmoqda.

Buxoro davlat pedagogika instituti bilan birga bilim oling, kasb egallang va muvaffaqiyat sari dadil odimlang!

Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha (shu kuni ham) bo'lib o'tadi.

Murojaat uchun: (65) 226-05-97

Kelajagingizni biz bilan yarating! Orzularingizdagi kasb sari yo'l BuxDPIdan boshlanadi!