

Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda faol talabalari ishtirokida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi Somoniylar bog'i oldidagi istirohat hududida bayramona konsert dasturi uyushtirildi.
Tadbir davomida professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, musiqiy chiqishlar hamda qiziqarli sahna ko'rinishlari bolajonlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.