(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Ta'lim grantini qayta taqsimlash bo'yicha komissiya bayonnomalari e'lon qilinmoqda

  • Home
  • News
  • Ta'lim grantini qayta taqsimlash bo'yicha komissiya bayonnomalari e'lon qilinmoqda
Ta'lim grantini qayta taqsimlash bo'yicha komissiya bayonnomalari e'lon qilinmoqda

Ta'lim grantini qayta taqsimlash bo'yicha komissiya bayonnomalari e'lon qilinmoqda

Sizlarga ma'lum qilamizki, 2026–2027-o'quv yili uchun ta'lim grantini qayta taqsimlash jarayoni doirasida akademik ko'rsatkichlar hamda ijtimoiy faollik ko'rsatkichlari bo'yicha komissiyalar bayonnomalari e'lon qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori talablariga muvofiq, mazkur natijalardan norozi bo'lgan talabgorlar uchun bayonnomalar e'lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida apellyatsiya arizasi berish imkoniyati yaratiladi.

Apellyatsiya berish tartibi:
Talabgor OTM rektori nomiga yozilgan apellyatsiya arizasi bilan murojaat qiladi. Apellyatsiya arizalari talabgor tomonidan O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini hamda tyutor bilan birgalikda Bosh bino 103-xonaga taqdim etiladi va qabul qilinadi. Qabul qilingan apellyatsiya arizalari tegishli akademik yoki ijtimoiy komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi.

Apellyatsiya arizalari 2026-yil 8-avgust va 9-avgust kunlari (48 soat davomida) qabul qilinadi. Belgilangan muddat tugagandan so'ng taqdim etilgan apellyatsiya arizalari qabul qilinmaydi hamda ko'rib chiqilmaydi.

Barcha talabgorlardan e'lon qilingan bayonnomalar bilan diqqat bilan tanishib chiqish hamda zarurat tug'ilganda apellyatsiya huquqidan belgilangan muddatda foydalanish so'raladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun murojaat: (65) 226-05-97