

Peshku tumanining Qoraqalpoq MFY yoshlari DXX kubogi respublika bosqichiga tayyorgarlik doirasida BuxDPI futbol jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Murosasiz va qiziqarli ruhda kechgan bahsda jangovor 3:3 hisobi qayd etildi.
Mazkur uchrashuv Peshkulik yoshlarning DXX kubogi respublika bosqichiga puxta tayyorgarlik ko'rish, futbolchilarning o'yin amaliyotini oshirish hamda jamoaviy uyg'unlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.